Yangiliklar

“Burgut” harbiy-sport musobaqasi

Yoshlarni harbiy-amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish orqali ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, oʻzaro madaniy-sport aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda yoshlarni sport oʻyinlariga ommaviy tarzda jalb qilish, sogʻlom turmush tarziga rioya qiladigan, dastlabki harbiy va psixologik tayyorgarlikka ega vatanparvar, ma’suliyatli, qiyin va ekstrimal vaziyatlarda toʻgʻri harakarlanish koʻnikmalarini egallagan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida 2018-yil 10-may kuni akademik litseyning “Sheryurak” jamoasi “Burgut” harbiy-sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichida namunali ishtirok etib, faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

burgutlar-002 burgutlar-001


Ajdodlarimiz jasorati va qahramonligi xotiramizda mangu qolajak

2018-yil 8-may kuni akademik litsey faollar zalida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan “Ajdodlarimiz jasorati va qahramonligi xotiramizda mangu qolajak” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  Ushbu tadbirda Yunusobod tumani madaniyat bo‘limi xonandasi V.Yuldoshev hamda “Aktyorlik mahorati” to‘garagi qatnashchilari qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari bilan barchani xushnud etdilar.

Akademik litsey o‘qituvchilari N.B.Turkmanov, Sh.B.Do‘smetov va L.P.Sinchenkolar  tarixda bo‘lib o‘tgan voqealardan ibrat olib yashash va ertangi kun uchun kerakli xulosa chiqarish, kelajakda to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik haqida yig‘ilish ishtirokchilariga gapirib berdi. Shuningdek ikkinchi jahon urushida o‘zbek xalqining qo‘shgan xissasi Toshkentlik Shomaxmudovlar oilasi 14 nafar, Kattaqo‘rg‘onlik H.Samadovlar oilasi 12 nafar, F.Qosimova oilasi 10 nafar, M.Jo‘raeva va Ashurxo‘jaevalar oilasi 8 nafardan yosh bolani o‘z qarmog‘iga olganligi to‘g‘risida gapirdilar.

Tadbir yakunida ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining 2 nafariga akademik litsey o‘quvchi-yoshlari va jamoasi tomonidan gul va sovg‘a-salomlar ulashildi.

ajdodlar-002 ajdodlar-001


Kelajak poydevori

2018 yil 17 aprel kuni TIQXMMI huzuridagi akademik litseyi majlislar zalida Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini yanada oshirishga ko‘makalashish, ularda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch ruhini shakllantirish hamda ijodiy faolliklarini rivojlantirish maqsadida “Kelajak poydevori” mavsusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Yunusobod tuman kengashi raisi N.A.Eshmetova, Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati, M.Ulug‘bek MFY raisi R.A.Yusupov, “Istiqbol” yoshlar qanoti Yunusobod tuman bo‘limi raisi D.Ya.Mirpulatova, Toshkent Moliya instituti o‘qituvchisi S.Sobirjonovlar bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilgar imkoniyatlar xususida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Akademik litsey MMIBDO‘ Z.I. Maxmudov mazkur davra suhbatini yaxshi tashkil etilganligini hamda bunday hamkorlik aloqalarini yanada samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berib o‘tdi.

tadbir-0001

tadbir-0002


Yoshlar salohiyati kelajak muvaffaqiyati

«TIQXMMI huzuridagi akademik litseyi bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi» ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 18 aprel kuni akademik litseyda «Yoshlar salohiyati kelajak muvaffaqiyati» mavsusida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash hamda Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakultetlari jamoasi ishtirokida  uchrashuv o‘tkazildi. Akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv o‘quvchilarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga kirishi uchun barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishida va o‘ziga kerakli xulosalar chiqarishda katta dasturul amal bo‘ldi.

yoshlar-0001


O‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish sirlari

«TIQXMMI huzuridagi akademik litseyi bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi» ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 17 aprel kuni akademik litseyda «O‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish sirlari» mavsusida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu suhbat o‘quvchi-yoshlarda va tadbir ishtirokchilarida katta taasurot o‘yg‘otdi. Tadbir so‘ngida o‘quvchi-yoshlar tomonidan berilgan savollariga batafsil javoblar berildi.

eytuk-002

eytuk-001


Amir Temur saboqlari

Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2018 yil 27 mart kuni tasdiqlangan “Amir Temur tavalludiga 682 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchi-yoshlarda miliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan saqlash maqsadida 2018 yilning 10 aprel kuni akademik litseyning faollar zalida “Amir Temur saboqlari”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

amur-003

amur-001

amur-002

 


Navro‘z — ahillik va totuvlik ramzi!

       O‘zbekiston Respblikasi Prezidentining 2018 yil 23- fevraldagi “2018 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 31-mart kuni TIQXMMI huzuridagi akademik liyeyida “Navro’z – ahillik va totuvlik ramzi!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda o’qituvchi va murabbiylar hamda o’qituvchilar o’rtasida bayram dasturxoni bezatilib, Sumalak, Osh milliy taomlari litsey ma’muriyati hamda homiylar tomonidan tayyorlandi. O’quvchilar o’rtasida milliy o’yinlarimiz bo’lgan “Arqon tortish”, “Tosh ko’tarish”, “Kurash” kabi sport musobaqalari o’tkazildi. Bayram oldi, har bir guruhlarga viloyatning qadriyatlari, uning tarixi, milliy boyliklarini namoyish etish uchun bo’lib berildi. Bayramda har bir guruh o’ziga biriktirilgan viloyatiga xos bo’lgan dasturxon bezatib, o’quvchilar tomonidan milliy-an’anaviy chiqishlarni namoyish etdilar. Bayram tadbiri davomida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Karen G’afurjonov o’z qo’shiqlari bilan ishtirokchilarga zavq bag’ishladi. Ishtirokchilarning sahna chiqishlari yakunidan so’ng bayramning asosiy taomi Osh tortildi. Oshni tanavvul qilgandan so’ng guruhlardagi o’quvchilar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazildi. Tadbir so’ngida g’olib ishtirokchilar litsey ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.

     Navro’z — do’stlik, birodarlik bayramidir. Ushbu kunni nafaqat Sharq xalqlari, balki millat, dini, e’tiqotidan qati nazar, barcha bayram qiladi. Navro’z bayrami O’zbekistonda dam olish kuni, rasmiy bayram kuni deb qabul qilingan. Uni hozirgacha ham yoshlardan tortib yoshi keksa kishilar ham tantanali tarzda kutib olishadi.

navro'z-2018-01 navro'z-2018-02 navro'z-2018-03 navro'z-2018-04


Akademik litseyimizda umumxalq hashari

litsey-004

litsey-002

 

litsey-001


Ayol borki olam munavvar

2018-yil 7-mart kuni litseyimiz faollar zalida tadbir bo’lib o’tdi. Bu tadbir muqaddas, go’zal va mo’tabar ayollarimiz uchun bag’ishlangan bo’lib, “Xotin-qizlar bayrami” deb nomlandi. Bu bayramda litseyimiz o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Bu tadbirni tomosha qilgan tomoshabinlar ham zavq olishdi va tadbir maroqli o’tdi. Bu tadbirda barcha o’quvchilar go’zal qizlarni, mo’tabar o’qituvchilarni tabriklashdi va sovg’a sifatida gullar bilan taqdirlashdi. Chiroyli tilaklar xotin-qizlarga bildirildi. Tadbirda onalarimiz, opa-singillarimiz uchun bayram shukuhi uyg’ondi. A’lo kayfiyatlarda bayram yakunlanib, mexr tuyg’ulari uyg’ondi. 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan dam kuni deb e’lon qilindi.

8-mart-2018-01

8-mart-2018-02


Yoshlar Parlamenti

O’zbekiston “Yoshlar Ittifoqi” Toshkent shahar kengashi qoshidagi Yoshlar Parlamentiga saylov 2018-yil 3-mart kuni TIQXMMI huzuridagi akademik litseyidagi faollar zalida saylovaga tayyorgarlik ko’rildi. Bu saylovda barcha o’quvchi yoshlar faol ishtirok etdilar. Bu saylov “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi ma’lumotlar va kerakli huquqiy hujjatlar tuzilgani haqida so’zlandi. Barcha o’quvchilarga bu saylovdan maqsad, ularning foydali tomonlari, O’zbekiton Respublikasining rivoji uchun qanday bog’liqligi haqida maruzalar aytib, o’tkazildi. Yoshlar Parlamenti deputatlarini shakllantirish tartibi haqida yoshlar kelajagini yanada yuksaklarga olib chiqish uchun yoshlar ittifoqi dastur tuzilgani haqida aytib o’tildi.

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi jismonan sog’lom, ma’nan yetuk va intelektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi taxdidlar va ommaviy ma’daniyatning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko’maklashishdir.

yoshlar-ittifoqi-01

yoshlar-ittifoqi-02yoshlar-ittifoqi-03


Fevral voqealari

2018 yil 16 fevral kuni akademik litsey faollar zalida 1999 yil 16 fevralda bo‘lib o‘tgan mudhish voqea hodisalar haqida o‘quvchi-yoshlarga ma’lumot berish, mustaqil diyorimizning buguni va kelajagi  uchun barchamiz mas’ul ekanimiz, ayniqsa yosh avlod kelajak poydevori ekanligini, tinchligimiz bardavom bo‘lishi uchun ko‘proq bilim va tajriba egallash  orqali har xil yod g‘oyalarga berilmasdan vatanning kelajagi, ravnaqi uchun bor kuchini sarflash  zarurligini yana bir bor uqtirish  maqsadida  tadbir bo‘lib o‘tdi. 

16-fevral-02 16-fevral-01         


Alisher Navoiy-g’azal mulkining sultoni 

9 fevral kuni she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 577 yillik tavallud ayyomiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi hamda litsey fayesida Navoiy davrini aks ettiruvchi turli kitoblar, rasmlar va buyumlar bilan bezatilindi. Monitorda esa A.Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film o‘quvchi yoshlar uchun  namoyish etildi.

9-fevral-01 9-fevral-02

9-fevral-05


Ozod va obod vatanga baxshida umr

30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 80 yillik yubileyi munosabati bilan Islom Karimovning porloq xotirasini yod etishga bag‘ishlangan “Ozod va obod vatanga baxshida umr”, “Islom Karimov asarlarini barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularida tadbir o‘tkazildi.

30-yanvar-03 30-yanvar-02 30-yanvar-01 30-yanvar-04


Vatan himoyasi-muqaddas burch 

14 yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yoshlarni vatanparvarlik, ona-yurtiga, halqi va prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Vatan himoyasi-muqaddas burch”, “Vatanimga xizmat qilaman” mavzulariga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.

14-yanvar-01 14-yanvar-02 14-yanvar-03


Konstitutsiya-baxtimiz qomusi

    2017-yil 6-dekabr kuni TIQXMMI huzuridagi akademik litseyi faollar zalida o’quvchi-yoshlarning kelajakda mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida akademik litsey Yoshlar yetakchisi U.K.Ishchanov va yo’nalish yetakchilari tomonidan “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirga O’zbekison Xalq demokratik partiyasi Yunusobod tumani Kengashi raisi Nigora Shermuhammedova, TDYU o’qituvchilari hamda “Mirzo Ulug’bek” mahalla faollari tashrif buyurdilar.

kinstitutsiya qomusimiz-01 kinstitutsiya qomusimiz-02


Keyingi bekat

    2017-yil 2-dekabr kuni TIQXMMI huzuridagi akademik litseyi faollar zalida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Keyingi bekat” filmi namoyish etildi.

avgon-02 avgon-01


«Afg’on» nomli hujjatli film namoyish etildi.

    2017-yil 20-noyabr kuni TIQXMMI huzuridagi akademik litseyi o’quvchi-yoshlarining zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ularda harbiy vatanparvarlik tuyg’ularini yanada kuchaytirish maqsadida “Afg’on” nomli hujjatli film namoyish etildi.

keyingi bekat-02 keyingi bekat-01


Hokim va yoshlar

    O’zbekison Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi 3138-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yil 18-noyabr kuni “Yoshlar ijod saroyi”da “Hokim va yoshlar” shiori ostida tuman sardorlarining birinchi forumi o’tkazildi. Forumda TIQXMMI huzuridagi akademik litseyi yo’nalish yetakchilari faol ishtirok etishdi.

hokim va yoshlar-02 hokim va yoshlar-01


Zakovat-intelektual o‘yin

    Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchi-yoshlarning dunyoqarashini boyitish hamda intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish  maqsadida akademik litseyda haftaning juma kunlari Zakovat-intelektual o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Zakovat-2017-02 Zakovat-2017-01


Islom Karimov asarlari bilimdoni

    Bugungi kundagi globallashuv jarayonlaridagi turli-tuman g‘oya va mafkuralarga, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida 2017 yilning 11 noyabr sanasida Axborot-resurs markazi o‘quv zalida akademik litsey o‘quvchi-yoshlari hamda o‘qituvchilari bilan birgalikda “Islom Karimov asarlari bilimdoni” davra suhbati o‘tkazildi.  Davra suhbatida Prezident asarlarining mazmun-mohiyatini chuqurroq o‘rganish, uni muhokama qilish eng avvalo yoshlarda mustaqillikning qadriga yetish, uni asrab avaylash, xamisha dunyo bilan xamnafas yurgan holda o‘z vatani, o‘z ona tuprog‘i uchun fidoiylik tushunchasini shakllantirishga doir fikr-mulohazalar bildirildi.

Islom Karimov-02 Islom Karimov-01


O’qituvchi-pedagoglarni attestatsiyadan o’tkazish natijalari

    2017 yil 8-noyabrdagi 457-sonli buyruqqa binoan o’qituvchilarga quyidagi toifalar belgilandi. Jami 24 nafar o’qituvchi attestatsiyada qatnashdi. 3 nafar o’qituvchi bosh o’qituvchi lavozimiga ko’tarildi. 7 nafar o’qituvchi etakchi o’qituvchi lavozimiga ko’tarildi. 4 nafar o’qituvchi katta o’qituvchi lavozimiga ko’tarildi. 5 nafar o’qituvchi etakchi o’qtituvchi lavozimini saqladi. 2 nafariga Oliy ma’lumotli o’qituvchi lavozimi berildi. 3 nafar o’qituvchiga keyingi attestatsiyaga qatnashish imkoniyati berildi.

Asos: 2017 yil 9-oktyabrdagi O’MKXTB tomonidan o’tkazilgan attestatsiya yig’ilishining 11-sonli qarori.


O‘quvchi-yoshlar teatrda

    Yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida 2017 yil 7 noyabr kuni Yoshlar yetakchisi U.Ishchanov rahbarligida akademik litsey o‘quvchi-yoshlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurdilar.

o'quvchilar-teatrda-2017-03 o'quvchilar-teatrda-2017-04 o'quvchilar-teatrda-2017-01 o'quvchilar-teatrda-2017-02


Xalqimizning otashqalb farzandi

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi PQ-2854-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 6-noyabr kuni akademik litseyning faollar zalida «Xalqimizning otashqalb farzandi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Sharof Rashidov-02 Sharof Rashidov-01


Jamoa teatrda

   2017-yil 4-noyabr kuni akademik litsey jamoasi O’zbek milliy akademik drama teatriga «Ko’ngil» nomli spektaklini tamosha qilib, ma’naviy hordiq olish maqsadida tashrif buyurdilar.

kungil-02 kungil-01


Tilga e’tibor-elga e’tibor

    2017-yilning 20-oktyabr kuni akademik litsey faollar zalida 21-oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bayrami munosobati bilan “Tilga e’tibor-elga e’tibor” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

til bayrami-02 til bayrami-01


Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaa va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosi bajarish hamda yosh avlodning kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intelektual salohiyati hamda ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida 2017 yil 19 oktyabr kunidan boshlab O‘zbekiston yoshlar ittifoqining TIQXMMI huzuridagi akademik litseyi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari tomonidan  Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini akademik litsey radiosi orqali o‘qib eshittirish boshlandi.

yulduzli tunlar adabiyot-01


 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish

    Toshkent shahar prokuraturasi va Yunusobod tuman IIB VEO’N va XPG xodimlari ishtirokida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” bo‘yicha akademik litsey o‘quvchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir 2017-yilning 19-oktyabr kuni akademik litsey faollar zalida bo‘lib o‘tdi.

xuquqbuzarlikni oldini olish-02


1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni

    2017-yilning 30-sentyabr kuni akademik litsey faollar zalida 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni bayrami munosabati bilan Ustozga ehtirom mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

1-oktyabr-2017-new-01 1-oktyabr-2017-new


“Mening biznes g’oyam” ko’rik tanlovi

    2017 yil 5-10 iyun kunlari “Mening biznes g’oyam” ko’rik tanlovi Bo’stonliq tumanidagi “Kamolot yoshlar oromgohida” 5 kunlik seminar asosida o’tkazildi. Unda mamlakatimizning turli joylaridan tashrif buyurgan 165 nafar 3-kurs o’quvchilari qatnashdi. Bo’lib o’tgan tanlovda o’quvchimiz To’raev Diyor maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

sertifikat-mening biznes g'oyam


“Oliyjanob inson fazilatlari” o’quv kurs seminari

    2017-yil 10, 12, 13, 14 iyun kunlari TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyining foallar zalida  o’quvchi-yoshlariga oliyjanoblik fazilatlarini mazmuni-mohiyati va ahamiyati to’g’risidagi ko’nikmalarni shakllantirish, mehr-muruvvat, o’zaro hurmat, hamjihatlik, bag’rikenglik kabi ahloqiy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan oliyjanoblik fazilatlarini o’quvchilarimiz ongiga chuqur singdirishga qaratilgan “Oliyjanob inson fazilatlari”, nomli o’quv kurslari bo’lib o’tdi.

oliyjanoblik-06 oliyjanoblik-05 oliyjanoblik-04 oliyjanoblik-03 oliyjanoblik-02 oliyjanoblik-01


So‘ngi qo‘ng‘iroq

2017 yilning 31-may kuni Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyida so‘nggi qo‘ng‘iroq bitiruvchi-2017 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan bitiruvchi o‘quvchi-yoshlarimizni mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgani bilan litsey jamoasi, faxriy o‘qituvchilar tabriklashdi. O‘z navbatida esa bitiruvchi yoshlar ham uch yil davomida akademik litseyda tahsil olib shu darajagacha yetkazgan ustozlariga ta’zim qildilar. O‘zining bilimi, salohiyati bor kuchini berib ta’lim-tarbiya bergan akademik litsey ustozlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoldilar.

Bugungi hayajonli va unutilmas tadbirimizda so‘z biz uchun haqiqiy rahbar sifatida xizmat qilgan mehr-muruvvat ko‘rsatgan, hurmatli ustozimiz akademik litseyimiz direktori Abdusaid Jalilovich Isaqovga berildi. Ularning bitiruvchilarga bildirgan iliq istaklari va tabriklari eshitildi.

bitiruvchi-2017-3 bitiruvchi-2017-2 bitiruvchi-2017-4bitiruvchi-2017-6 bitiruvchi-2017-5 bitiruvchi-2017-7 bitiruvchi-2017-8 bitiruvchi-2017


9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab “tinchlik-eng aziz ne’mat”mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

     Ushbu tadbir 2017 yilning 5-may kuni akademik litseyning faollar zalida akademik litesy rahbariyati, TIMI harbiy kafedrasi jamoasi hamda 51-maktab jamoasi bilan hamkorlikda o’tkazildi.

9-may-2017-01 9-may-2017-04

     Tadbirda Mirzo Ulug’bek mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriylari ishtirok etishdi. Jumladan mehnat shuxrati ordeni sohibi, mehnat faxriysi, iqtisod fanlari nomzodi Abrorov Ziyovuddin Sirojiddinovich hamda mehnat faxriysi Omonov Yuldosh akalar ishtirok etishdi. Urush davridagi qiyinchiliklar va hozirgi tinchlik davri haqida tadbir ishtirokchilariga so’zlab berdilar. Tadbir juda ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

9-may-2017-05 9-may-2017-03


 Rixsi Ibrohimova, Tesh Mo’minov va yosh aktirisalar ishtirokida ijodiy

kecha bo’lib o’tdi

     2017 yilning 1-may kuni soat 13:00da akademik litseyining faollar zalida O’zbekiston xalq artistlari Rixsi Ibrohimova, Tesh Mo’minov va yosh aktirisalar ishtirokida ijodiy kecha bo’lib o’tdi. Ijodiy kechada spektakllargan parchalar namoyish etildi va o’zlarining hayoti faoliyati haqida gapirib berdilar.

xamza teatr-xodimlari-01xamza teatr-xodimlari-02

     O’quvchi-yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Tadbirda o’quvchi-yoshlar ma’naviy dam olishdi va qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi.

     Ushbu tadbir o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda hayotga bo’lgan qiziqishini orttirishida kata ahamiyatga ega bo’ldi.


“Shunqorlar” harbiy sport musobaqasi

     2017 yilning 28-aprel kuni Toshkent shahar “Shunqorlar” bosqichida akademik litsey jamoasi faol ishtirok etib qaytdi. Barcha shartlarda o‘quvchilar akademik litsey shanini munosib himoya qila oldilar hamda yakuniy natijalarga ko‘ra TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litsey jamoasi shaxsiy tartibda “Yozgi biatlon”, “Turnikda tortilish” va “Merganlik” shartlari bo‘yicha g‘olib deb topildi  va hakamlar hay’atining 1-darajali diplomlari bilan taqdirlandi.

shunqorlar-01-2017 shunqorlar-02-2017 shunqorlar-03-2017 shunqorlar-04-2017

          shunqorlar-diplom-2017-2  shunqorlar-diplom-2017-1

  


Toshkent shahar bo’yicha 3-bosqich fan olimpidasi g’olibi

     Qodirov Abror To’ychiboy o’g’li 1998 yil 18-noyabrda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanida tug’ilgan.

     2016-2017-o’quv yilida Toshkent shahar bo’yicha 3-bosqich fan olimpidasida fizika fanidan ishtirok etib 94,25 ball bilan faxrli 1-o’rinni egalladi va Respublika boshqichiga yo’llanma oldi.

     Qodirov Abrorning fizika fanidan chuqur bilim egasi bo’lishida o’qituvchilari Nazarov Elyor Tadjibaevich hamda Usmonov Shukrullo Nematovichlar o’z ko’magini ayamagan.

Qodirov A-01 Qodirov A

     Temirov Toshpo’lat O’rolboy o’g’li 1998-yil 9-aprelda Jizzat viloyati Mirzacho’l tumanida tug’ilgan.

     2016-2017-o’quv yilida Toshkent shahar bo’yicha 3-bosqich fan olimpidasida ona tili va adabiyot fanidan ishtirok etib 78,25 ball bilan faxrli 3-o’rinni egalladi va Respublika boshqichiga yo’llanma oldi.

     Temirov Toshpo’latning ona tili va adabiyot fanidan chuqur bilim egasi bo’lishida o’qituvchilari Boyliyeva Umida Ma’murjanovna o’z ko’magini ayamagan.

    Temirov Toshpo’lat Respublika bosqichiga tayorlanish bilan birga qalam tebratib o’z ijodini boyitib bormoqda.

02 01

          “Kutaman”

Yuragimda isming aytaman takror,

Mana yog`di bugun jonim so`nggi qor.

Lekin sendan darak yo`q ey yor,

Men seni kutaman, toki jonim bor.

 

Men istamayman lek istaydi ruhim,

Faryod chekaman lek chiqmaydi ohim!

Ayt-chi nima edi mening gunohim,

Kutaman falakkka yetguncha ohim!

 

Alamim kelsa jonim olarman qog`oz,

Men yettinchi osmonga qilaman parvoz.

Qaddim tutib boraman doim turib g`oz,

Kutaman men seni,qancha kutsam oz!

 

Qara, kutib yurak chekadi faryod,

Unutay deb doim so`rayman najot.

Lek yurak unutmaydi doim qilar yod,

Kutaman-u she`rimda chizaman oq ot!

 

Shamol shabbodani olib ketadi,

Ikkisi kelisholmay qiladi janjal.

Ovozing eshitish o`zi yetadi,

Aytib qo`y kutishimga bermasin halal!

 

Kutaman deb ayrildim men es-hushimdan

Jonon endi ayirma sen baxt qushimdan.

Ayrildim kutaman deb bari ishimdan,

Endi uyg`otma jonon shirin tushimdan.

 

Tushimda sening visolingga yetaman,

Tushda ham baxt uyiga taklif etaman.

Gar o`ngda rozi bo`lsang,berginda darak,

Roziliging kutar bu telba yurak.

 

Ha, ha men telbaman,telbaman aniq,

Yuragimda doim gulxan ham yoniq,

Yonimga kel! yurakka bergin-da hordiq,

Kutaman qalbim ham dengizday tiniq!

 

Kutaman,dengizdan-da tosharkan to`lqin,

Quyosh jonon falakda socharkan nurin

O`shanda dengiz yoni yoqimli,salqin,

Kutaman jonon sen menga bir ko`rin!


O‘quvchi yoshlarning kitob, ilm va fanga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29-dekabrdagi PF-4907-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari va muxbir a’zolari, respublikaning yetakchi olimlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

     O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Salixov Shavkat Ismailovich va uning ilmiy maktabining akademik litseyda amalga oshirishi mo‘ljallangan ishlari bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan chora-tadbirda quyidagi vazifalar belgilandi: akademik Sh.I.Salixov faoliyat ko‘rstayotgan ilmiy dargohga o‘quvchilarning tashrifini amalga oshirish va o‘quvchilarning kelajakda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish; ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagidagi o‘quvchilar bilan ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish; o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish; ilmiy va o‘quv-uslubiy hamkorlikni rivojlantirish; akademik litseyning moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlash va boshqalar.

     Belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2017 yil 12-aprel kuni akademik Sh.I.Salixov o‘z shogirdlari O‘zR FA biorganik kimyo instituti direktori o‘rinbosari, kimyo fanlari doktori, professor  A.S.To‘raev va O‘zR FA Genomika va bioinformatika markazi direktori, biologiya fanlari doktori, professor I.Yu.Abduraxmanov  bilan birgalikda akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida ilmiy seminar tashkil etdi.

1-01 1-02

     Ilmiy seminar respublikamizda ilm fanning taraqqiyoti va jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ahamiyati va unda yoshlarning ishtiroki to‘g‘risidagi mavzuga qaratildi.

     Ilmiy seminarni akademik litsey direktori, texnika fanlari doktori A.J.Isaqov ochib berdi. Seminarda akademik Sh.I.Salixov, kimyo fanlari doktori, professor  A.S.To‘raev va biologiya fanlari doktori, professor I.Yu.Abduraxmanovlar ma’ruza qildilar. O‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdilar. Seminar yakunida bir qancha kitob va innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasining katalogi akademik litsey kutubxonasiga sovg‘a sifatida topshirildi.

     Ilmiy seminarda Sh.I.Salixov akademik litsey 3-kurs o‘quvchilaridan Respublika fan olimpiadasi III (shahar) bosqichida fizika fani bo‘yicha 1-o‘rinni egallagani Abrorbek Qodirov hamda ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha 3-o‘rinni egallagan Toshpulat Temirovlarni qizg‘in tabrikladi. Shu bilan birgalikda o‘quvchilarga Respublika fan olimpiadasining yakuniy IV (Respublika) bosqichida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritishida omad tiladi.

1-031-04

     Olib borilayotgan ishlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. O‘quvchi yoshlarimizning kitob, ilm va fanga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda.

                  Ilmiy seminardan lavhalar:

1-05 1-06 1-07 1-08

Yurtimda Navrо‘z shukuhi

     2017-yil 18-mart kuni akademik litseyda 21-mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Yurtimda Navro‘z shukuhi” shiori ostida sayl tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Navro‘zning ruhi va falsafasida o‘z aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoshi ulug‘ insonlar, tabarruk otaxon va onajonlarni, har tomonlama e’zozlash keng targ‘ib qilinib, milliy xalq o‘yinlari namunalari namoyish etildi. Shu bilan birgalikda go‘zal insoniy tuyg‘ular aks etgan kuy va qo‘shiqlar, o‘lan va laparlar yuksak pardalarda tarannum etildi. Sayl davomida o‘quvchilar tomonidan bezatilgan yurtimiz milliy taomlari jam bo‘lgan dasturxonlar namoyish bо‘lib о‘tdi. Milliy taomlarimizdan tatib ko‘rgan ustoz va murabbimylariz ularga yuksak baho berdilar.

navruz-04 navruz-03 navruz-02 navruz-01


Suv hayot manbai

     2017 yil 16 mart kuni akademik litseyda 22 mart Butunjahon suv kuniga bag‘ishlangan “Suv hayot manbai” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda BMT taraqqiyot dasturi va yevropa ittifoqining qo‘shma loyihasi rahbari Ulug‘bek Ismoilov, TIMI “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ravshan Boirov va kafedra asistenti Ruslan Razzaqovlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilarga suv haqida qiziqarli, ko‘rgazmali ma’lumotlarni yetkazilib, uni muhofaza qilish to‘g‘risida tavsiya va maslahatlar berdi. Shuningdek mavzu bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan suratlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

butunjaxon suv kuni-6 butunjaxon suv kuni-5 butunjaxon suv kuni-4 butunjaxon suv kuni-3       butunjaxon suv kuni-2  butunjaxon suv kuni-1


Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish

14.03.2017 yil kuni akademik litseyning anjumanlar zalida o‘quvchi-yoshlar ongida ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va barqarorlikni saqlash maqsadida “Siniy kit”, “Tixiy dom”, “Razbudi menya v 4:20”, “f57”  o‘yinlarining keng tarqalishini hamda yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tadbir bo’lib o’tdi.

     Tadbirda Yunusobod Oqtepa jome masjidi imom noibi Xolmurodov Baxtiyor O‘rolovich, Yunusobod tuman IIB XOOB VEUN va XPG rahbari kapitan Zaynuddinov Dilmurod Shavkatovich, akademik litsey direktori Isaqov Abdusaid Jalilovich, MMIBDO‘ Ergashev Xusan Sabirovich va akademik litsey psixologi Muhamedova Gulnoza Bahodirovna, “Kamolot” YoIH BT yetakchisi Sobirjonov Bobur Moxir o‘g‘li, to‘garak rahbarlari shuningdek, nafar litsey o‘qituvchi-murabbiylari  va 208 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar.

     Tadbirni o’tkazishdan maqsad: O‘quvchi-yoshlar ongida ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va barqarorlikni saqlash maqsadida “Siniy kit”, “Tixiy dom”, “Razbudi menya v 4:20”, “f57”  o‘yinlarining keng tarqalishini hamda yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish.

siniy kit-02 siniy kit-05 siniy kit-04 siniy kit-03 siniy kit-06 siniy kit


E’zoz uchun yaralgan ayol

     09.03.2017 yil kuni akademik litseyining anjumanlar zalida 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “E’zoz uchun yaralgan ayol” mavzusida musiqiy- adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda barcha ayol o‘qituvchi hamda akademik litsey o‘quvchi qizlarini 8 mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabrikladi. Ularga bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tiborni namoyish etishdi.

8-mart-3 8-mart-2                              8-mart-1


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI HAMDA TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI, TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI QOSHIDAGI AKADEMIK LITSEYLAR O’QUVCHILARI O’RTASIDA BO’LIB O’TGAN “INGLIZ TILI BILIMDONI”GA BAG’ISHLANGAN TADBIR

     2017-yil 24-FEVRAL KUNI  TOSHKENT MOLIYA INSTITUTIda o’rta maxsus, kasb -hunar ta’limi  muassasalari o’quvchilari o’rtasida  “ingliz tili bilimdoni”  ko’rik tanlovi tanlovining saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovni akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor X. Shennayev  ochib berdi. Bu yerga JICA tashkiloti vakili Naoya Usuada, Kennesew davlat universiteti professorlari Kamal Fatexi, Linda Fatexi, KOICA ODA tashkiloti mutaxassisi Ji-In Lee honim hamda institut “Chet tillari” kafedrasi mudiri I. Xaydarov kabi vakillar taklif qilingan edi . Ularning barchasi so’zga chiqib  yurtimizdagi ta’lim va tarbiya, xorijiy tillarni o’rgatish va o’rganishga qanday katta etibor berilayotganini, buning natijasida esa talabalar va ko’pgina yoshlar katta muvaffaqiyatga erishayotganini , bizning xalqimizni, ayniqsa yoshlarimizni,  chet tilida bemalol, ravon so’zlashishlarini tan olib bundan juda xursandligini aytishdi.

1 3

     Tanlovda jami 6 nafar guruhlar ishtirok etishdi. Bulardan Toshkent moliya instituti qoshidagi Moliya akademik litseyining “Finance Stars”, institut qoshidagi akademik litseyning “Igenius”, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi akademik litseyning “Erudit”, “International House Tashkent” akademik litseyining “Interbrain”, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyining “Bookholics”, Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Yashnaobod akademik litseyining “Keep in minders” jamoalari uchta shart asosida kuch sinashdilar.

4 2

     Bizning litsey o’quvchilari Salimova N., Alimuxamedov G’. va Suvanova Y.  tanlovning 1-shartida litsey hayoti haqida lavha va taqdimotlarini ingliz tilida ko’rsatib gapirib berishdi. 2-shartda Karimova N., Muxamedov. Sh., Hayitmurodov A., Fayzullayev S. kabi o’quvchilar blits savollariga javob berishdi.

     3-shartda  Voxidov S. “Yoshlar mustaqil davlatning muhim intellektual zaxirasi” nomli insho asosida bajarib kelgan taqdimoti bilan so’zga chiqdi. Tadbirga qatnashadigan o’quvchilarni tanlashni, ular bilan tayyorlanish uchun 3 kun institutga qatnashni Xudayberdiyeva Ch. o’z zimmasiga oldi.


“YOSH QUTQARUVCHI”

     2017-yil 20-fevral kuni akademik litseyning “Yosh qutqaruvchi ko’ngillilar klubi” a’zolari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining Yunusobod tumani bosqichida ishonchli ishtirok etib, faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Akademik litsey jamoasi ishonchli ga’labaga erishish bilan musobaqaning Toshkent shahri bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmaga ega bo’ldi.

qutqaruv-01 qutqaruv-02 qutqaruv-03 qutqaruv-04


 “Mening biznes g’oyam-2017” tanlovi

     15-fevral 2017 yil kuni Akademik litseyimizning faollar zalida “Mening biznes g’oyam-2017” tanlovining targ’ibot-tashviqot ishlari bo’lib o’tdi. Tadbirdan asosiy maqsad o’’sib kelayotgan  yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, ylarning pozitiv faolligini oshirish, ularga tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish.

mening biznes goyam-03 mening biznes goyam-02


“Olis yulduzlar shu’la taratar” deb nomlangan tadbir

     TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyi “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasining  10.10.2017 yilda buyuk shoir va mutafakkirlar Mir Alisher Navoiy va Sahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag’ishlangan “Olis yulduzlar shu’la taratar” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.

     Tadbirda akademik litsey direktori A.J.Isaqov, O’IBDM  Kubyashev.Q.E., MMIBDO’ v.b. Ergashev.H., ”O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Hakimova.S.Q., litsey o’qituvchilari va o’quvchilar ishtirok etdi.

alisher navoiy-03alisher navoiy-02alisher navoiy-04alisher navoiy-01


     09.02.2017 yil kuni TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent shahar IIBB hamkorligida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunni hayotga  tadbiq qilish va “Narkomaniyaga qarshi kurashish” samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbir bo’lib o’tdi.

     Tadbirda Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumani IIB XOOB VEUN va XPG inspektorlari kapitan S.S.Sultonov va leytenant A.U.Minovarov, TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litsey rahbari A.J.Isaqov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha v.v.b rahbar o’rinbosari X.S.Ergashev, “Kamolot” YoIH IBT yetakchisi G.A.Xodjaeva, Bo’lim boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovinlari, kafedra mudirlari, o’qituvchilar hamda litsey 100 nafar talaba yoshlari ishtirok etdi.

narkamaniya-1narkamaniya-2


     30.01.2017 yil kuni Akademik litseyimizda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 79 yilligiga bag‘ishlab “Xalq qalbidan abadiy joy olgan arbob”  mavzusida o‘tkazilgan xotira tadbiri litsey anjumanlar zalida bo’lib o’tdi. Tadbirni Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimiyati, akademik litsey rahbariyati tashkil etdi.

     Tadbirga Akademik litsey ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor muovini vazifasini bajaruvchi Xusan Ergashev, “Ijtimoiy gumanitar fanlari” kafedrasi mudiri Shokir Do‘smetov, psixolog G.Muxamedova, “Kamolot” YoIH BT yetakchisi G.Xodjaeva, ARM mudiri M.Nasirova, to‘garak rahbarlari, akademik litsey o‘qituvchilari, guruh murabbiylari  hamda 198 nafar o‘quvchilar  ishtirok etdilar.

xotira-03xotira-01xotira-04


ICHKI ISHLAR AKADEMIYASIGA SAYOHAT

      2017 yil 20 yanvar kuni akademik litseyning bir guruh o’quvchilari bilan Ichki ishlar akademiyasiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida o’quvchilar bilim yurti faoliyati va tinglovchilar hayoti hamda o’quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi. Sayohat o’quvchilarda qonun posbonlarini tayyorlovchi respublikaning yetakchi oliy o’quv yurti to’g’risida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lish bilan birga o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

ichki ishlar akademiyasiichki ishlar akademiyasi-2ichki ishlar akademiyasi-4 ichki ishlar akademiyasi-3ichki ishlar akademiyasi-5 ichki ishlar akademiyasi-6 ichki ishlar akademiyasi-7


2016 yil 19-dekabr kuni akademik litseyning faollar zalida yangi yil bayramini tinch va osoyishta o’tkazish maqsadida perotexnika vositalaridan foydalanmaslik va uning zararli oqibatlari mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

     Tadbirda Yunusobod tuman hokimi o’rinbosari T.T.Kirgizbaev, Yunusobod tumani IIB TB bo’lim o’rinbosari mayor M.Yuldashev ishtirok etdi.

perotexninka-03 perotexninka-02 perotexninka-01


    O‘zbekiston professional sharq yakkakurashi klubida musoboqa bo ‘lib o’tdi.

17-18.12.2016 kuni WAK-1F bo‘yicha Toshkent shahar Ochiq Chempionatida 76 kg vazn toifasi g ‘olibi Davronov Suxrob III darajali diplom bilan taqdirlandi.

davronov


“Iqtidorli o’quvchilar” bilan olib borilgan seminar-trening

     Litseyimizda 10-noyabr kuni 3-kurs o’quvchilar o’rtasuda “Iqtidorli o’quvchilar” bilan olib borilgan seminar-trening bo’lib o’tdi. Unda 305-guruh iqtidorli o’quvchi Voxidov Sarvar prezentatsiya jarayonida omma oldida hech qanday qo’rquvlarsiz va hayajonni yashirgan holda qay tarzda taqdimotni taqdim etish qoidalari, qay tarzda ommani qiziqtirish va o’ziga jalb qila olish uslublarini taqdimoti orqali ko’rsatib o’tdi.

    O’quvchilarning seminar-trening tayyorlash jaroyonini taqdimot orqali ko’rsatib berishda  o’quvchilar o’zlariga kerakli ma’lumotlar oldi. Taqdimot qiziqarli bo’ldi va o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollari bilan yanada tadbirni jonlantirishdi. 304-guruh o’quvchisi Hamroyev Ma’mur “How to concentrate our mind in front of the audience” savoli bilan tadbir ishtirokchilariga murojaat etdi. 3-kurs o’quvchilaridan Voxidov Abdulaziz, To’rayev Diyor, Nazarov Islom va Husainova Zahrolar o’z fikrlarini bayon etishdi.

226616819_138431 226615019_137595

     Ijtimoiy – gumanitar kafedrasi mudiri Do’stmetov Sh. 3-kurs o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tgan seminar-trening haqida fikr-mulohazalarini bayon qildi. Bunday seminar-treninglar akademik litseyda faqatgina ingliz tili fanidan emas balki boshqa fanlardan ham o’tilishi kerakligini ta’kidlab o’tdi.

   3-kurs o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tgan seminar-trening bahsli, munozarali va qiziqarli bo’lib o’tdi.


      3-kurs o’quvchisi Svechnikov Vladimir Aleksandrovich 2016-yil 17-24-oktyabr kunlari Qozoqiston Respublikasida sport ustasi Vladimir Pochivalovining 25 yillik yubiley xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir musobaqasida ishtirok etib, o’q otish bo’yicha  I o’rinni qo’lga kiritdi.

vladimir_svechnikov


        “IMOM BUXORIY SABOQLARI” ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy jurnalning

 2016 yil  №3-sonida o’quvchimiz Shohjahon Karimov. «Globallashuv: ta’rifi, tarixi, ijodiy va salbiy jihatlari» mavzusi chop etildi.

shohjahon_karimov_01  shohjahon_karimov_02


Davra suxbati

    2016 yil 17-oktyabr kuni  litseyda o’qituvchi va o’quvchilar ishtirokida davra suxbati o’tkazildi. Unda mahalla keksalari ham qatnashib, mavzu yuzasidan o’z mulohazalarini bildirdi. Ular o’zlarining bosib o’tgan xayot yo’llari, kattalarga hurmat kichiklarga izzat qanday bo’lish kerak haqida o’z xayot tajribalaridan kelib chiqib so’zlab berishdi.

%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%b8%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%b8-10 %d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%b8%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%b8-1%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%b8%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%b8-8%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%b8%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%b8-7%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%b8%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%b8-6%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%b8%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%b8-5


     2016-yil 6-oktyabr kuni sobiq o’quvchimiz Sultonov Sanjarbek Soyibjon o’g’li O’zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Beruniy nomli Davlat stipendiyasi 2016- yilgi tanlovi g’olibi bo’ldi.

Sultonov Sanjarbek-Beruniy Davlat stipendiyasi


     Karimov Ilxom Toxirovich O’zbekiston Respublikasi madaniyat  va sport ishlari vazirligi O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya istituti qoshidagi Armrestling bo’yicha chempionati federatsiyasi a’zosi va g’olibi sanaladi.

     2016 yil 5 iyunda  Karimov Ilxom “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga” bag’ishlab Armrestling bo’yicha I darajali diplom bilan taqdirlandi.

    2016 yil 17 iyulda  Karimov Ilxom Toshkent shahar G’ofur G’ulom Parkida o’tkazilgan Armrestling bo’yicha I darajali diplom bilan taqdirlandi.

    2016 yil 25 sentabrda Karimov Ilxom  Armrestling bo’yicha I darajali diplom bilan taqdirlandi.

            1 2

02 01

03 04

4 Untitled-3


1-kurs o’quvchisi Qushaqov Temur Toxir o’g’li 2016-yil 14-16-sentyabr kunlari Qrim respublikasining Yalta shahrida bokus musobaqasida ishtirok etib,  III o’rinni qo’lga kiritdi.

kushakov-timur


TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish maqsadida ta’lim muassasasidagi oshxonani ijaraga berish bo‘yicha

TANLOV E’LON QILINADI

    O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ta’lim muassasasida sog‘lom ovqatlanish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalarning ta’lim muassasasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tender-tanlovlarida ishtirok etish yuzasidan arizalari 2016 yilning 10 iyunidan 2016 yil 10 iyul kuni soat 18-00 ga qadar Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida qabul qilinadi.

    Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinib, hujjatlar talabgorlar tomonidan muhrlangan konvertlarda tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:

umumiy ovqatlanishni tashkil etish sohasidagi faoliyati, ish tajribasi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

maxsus, moddiy-texnika bazasi va oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha malakali mutaxassislar mavjudligi haqida ma’lumotnoma;

bo‘sh aylanma mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi;

talabgorning ta’lim muassasasi oshxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha istiqbol rejasi va takliflari;

Talabgor tomonidan tasdiqlangan mavsumiy namunaviy taomnomalar.

Tanlovga oid qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil:

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 55-uy, telefon: 252-77-81, 252-23-17


“Biz buyuk yurt farzandlarimiz!”

    2016-yil 7-iyun kuni akademik litseyda “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” yoshlar festivaliga bag’ishlab, “Siz sevgan qahramonlar” loyihasi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va madaniyat arboblari, taniqli aktyor va aktrisalar, el ardog’idagi xonandalar bilan uchrashuv tashkil etish orqali o’quvchi-yoshlar qalbida ona yurtimizga bo’lgan muhabbatni kuchaytirish, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimizning kelgusidagi ezgu istak va rejalari haqida suhbatlashildi hamda tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchilar mehmonlar tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

buyuk yurt farzandlari-01buyuk yurt farzandlari-02buyuk yurt farzandlari-03buyuk yurt farzandlari-04buyuk yurt farzandlari-05buyuk yurt farzandlari-06


2016-yil «Sog’lom ona va bola” yiliga bag’ishlanib o’tkazilgan sport musobaqalari

     2016-yil Sog’lom ona va bola” yili munosobati bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining talaba qizlari hamda TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litsey o’quvchi qizlari o’rtasida 2016-yil 23-28-may kunlariga qadar.

1) Voleybol

2) Stol tenis

3) Shashka

4) Arqon tortish

5) Estafeta

     Sport turlari bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi. Ushbu musoboqada Volebol sport turi bo’yicha TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litsey o’quvchi qizlari Choriyeva Yu., Abdullaeva D., Ramazonova U., Azizova N., Choriyeva Z., Xabubullaeva L., faxrli 1-o’rinni egallashdi.

    Shashka sport turi bo’yicha 201-guruh o’quvchisi Yusupova L. 2-o’rinni egalladi. Umumiy jamoa o’yinlari bo’yicha esa TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litsey o’quvchi qizlari faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdilar.

123


“Inson qalbi va ongi uchun kurash” mavzusida ochiq dars bo’ldi

     27-may 2016-yil kuni 207-guruh o`quvchilari ishtirokida “Shaxs va jamiyat” fanida “Inson qalbi va ongi uchun kurash” mavzusida ochiq darsni “Ijtimoiy — gumanitar” fanlari kafedra o`qituvchisi Dinora Yakubjanovna Mirpo`latova o`tkazdi. Ushbu ochiq dars orqali internetdan foydalanishda yoshlarning ma`naviy va mafkuraviy immunitetini shakllantirishga, ma`lumotlarni saralashga, ma`naviy tahdidlarni bilib olishga, komil inson bo`lishga  asosiy e`tibor qaratildi.

ochiq-dars-1ochiq-dars-3ochiq-dars-2ochiq-dars-4


“Gulshan aro gulchehralar” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi

    23-may 2016-yil Yunusobod tuman bosqichida Akademik litsey orasta qizlar jamoasi “Gulshan aro gulchehralar” ko’rik tanlovida ishtirok etib 1-darajali diplim g’olibligini qo’lga kiritganligi uchun o’quvchi-qizlarni rahbariyat tomonidan taqdirlashga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

gulshan aro gulchehralar-3gulshan aro gulchehralar-2gulshan aro gulchehralar


“Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar Respublika kо‘rik tanlovi

    2016-yil 21-may kuni akademik litseyda “Kamolot” YoIH tashabbusi bilan “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar Respublika kо‘rik tanlovining Yunusobod tuman bosqichi bо‘lib о‘tdi. Unda о‘quvchi yoshlar “Arхitektura va dizayn”, “Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflar va texnik  ishlanmalar”, “Tasviriy va amaliy san’at” hamda “Adabiyot va jurnalistika” yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etdilar. G‘oliblar “Kamolot” YoIHning diplomlari bilan taqdirlanib, Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish uchun yо‘llanmaga ega bо‘ldilar.

yurt_kelajagi-04 yurt_kelajagi-03 yurt_kelajagi-02 yurt_kelajagi-01yurt_kelajagi-05


“Tinchlik-oliy ne’mat” mavzusida tadbir

      2016-yil 20-may kuni  TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litsey anjumanlar zalida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan maqsad akademik litsey o‘quvchilariga vatanparvarlik tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish, o‘quvchilar qalbidagi ona vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu hissiyotlarni boyitish, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. O‘quvchilarda har qanday vaqtda ruhiy barqarorlikni, o‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish, yoshlarda milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularini shakllantirish.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Yunusobod tuman bo‘limi xodimlari Dilshod Xazratqulov, Ikrom Murodov, va Jobir Mamadaliev, akademik litsey direktori A.J.Isaqov, O‘IBDO‘ K.Kubyashev, harbiy rahbar X.Ergashev, guruh murabbiylari hamda 157 nafar o‘quvchilar qatnashdi.

    Tadbir so‘ngida o‘quvchilarga “Tinchlik-oliy ne’mat” nomli maxsus-taxliliy videofilm namoyish etildi.

    Film namoyishidan so‘ng o‘quvchilar film taasurotlari yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

20-may-2016-03 20-may-2016-02


“Hozirgi kundagi global muammolar” mavzusida video-keys usulida seminar trening bo’ldi o’tdi

    10.05.2016-yil kuni Tijorat va tadbirkorlik kollejida moderator o`qituvchilar uchun “Hozirgi kundagi global muammolar” mavzusida video-keys usulida seminar treningni “Ijtimoiy — gumanitar” fanlari kafedra mudiri Dinora Yakubjanovna Mirpo`latova o`tkazdi. 35 ta o`quv muassasa o`qituvchilari zamonaviy ta`lim texnologiya haqida tushunchaga ega bo`ldilar hamda bu turdagi dars yoshlarimizni o`zlashtirish darajasini oshirishda, ayniqsa fanga bo`lgan qiziqishlarini ko`tarishida alohida o`ringa egaligini e`tirof etdilar.

trening-1trening-2trening-3


Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasi Toshkent shahar bosqichi

    2016-yil 30-aprel kuni Toshkent telekommunikatsiya harbiy akademik litseyida o’tkazilgan musobaqada litseyimizning “Qalqon” jamoasi “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichida faol ishtirok etib, akademik litsey shanini munosib himoya qildi. Musobaqa natijalariga ko’ra sportning “Yozgi biatlon” va “To’siqlar yo’lagidan o’tish” bo’yicha faxrli birinchi o’rinni egalladilar, hamda hakamlar hay’atining diplomlari bilan taqdirlandilar.

shunqorlar-04shunqorlar-03shunqorlar-02shunqorlar-01shunqorlar-05shunqorlar-06


 William Shekspir hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir

     23.04.2016 kuni litseyimizning faollar zalida  207-guruh va 205-guruh o’rtasida musobaqa shaklida bir-birlari bilan bellashishdi. Bellashuv quyidagi shartlardan iborat bo’ldi.

     1.William Shekspir hayoti va ijodi haqida ma’lumot va she’rlaridan parcha aytish.

  1. So’zlarning ta’rifiga qarab topish.

  2. Shekspirning hayoti va ijodidan tuzilgan boshqotirmalarni yechish.

  3. Shekspir bilan bog’liq sahna ko’rinishi ko’rsatib berish.

   1- shart bo’yicha 207-guruh o’quvchisi Xusenova Zo’hro va Yigitaliyev Shohruhlar Shekspirning hayoti va ijodi haqida gapirishdi. Abdulhamidov Ilhom esa she’ridan parcha aytib berdi. 205-guruh o’quvchilaridan Sheraliyev Shahzod, Shukurillayev Anvar va Hamroyev Ma’murlar Shekspirning hayoti va ijodi haqida gapirishdi. Asqarov Doniyor va Hayitmurodov Abdulazizlar esa she’rlaridan parcha aytib berishdi.

   2- shart bo’yicha esa 207-guruh o’quvchisi Xusenova Zo’hro chiqib Shekspirning hayoti va ijodiga taaluqli bo’lgan so’zlarning ta’rifini aytdi, guruhdagi qolgan o’quvchilar ta’rifga qarab so’zlarni topishdi. 205-guruh o’quvchilardan esa Hamroyev Ma’mur chiqib Shekspirning hayoti va ijodiga taaluqli bo’lgan so’zlarning ta’rifini aytdi guruhdagi qolgan talabalar ta’rifga qarab so’zlarni topishdi.

Willam Shakespeare-02Willam Shakespeare-04

   3-shartda esa ikkala guruh o’quvchilari barchasi o’qituvchilar tomonidan tuzilgan Shekspir hayoti va ijodidan iborat bo’lgan boshqotirmalarni yechishdi va ularni ishlari hay’at a’zolari ingliz tili o’qituvchilari Mavlanova Vilena Bozorbekovna va Do’squlova Gulnoza tomonidan tekshirilib baholandi.

Willam Shakespeare-03Willam Shakespeare-01

    4- shartda esa o’quvchilar o’zlarining aktyorlik mahoratlarini ajoyib tarzda namoyish etishdi. 207-guruh o’quvchisi Xusenova Zo’hro va Rixsixo’jayev Abduvali Shekspir ijodiga mansub mashhur “Romeo va Julietta” asarining zamonaviy ko’rinishda talqin etib berishdi. 205-guruh o’quvchisi Asqarov Doniyor, Xo’janazarov Shohjahon va Hayitmurodov Abdulaziz o’zbek buyuk shoir va yozuvchisi Alisher Navoiy va William Shekspirning bizning zamonamizdagi uchrashuv va suhbatlarini ko’rsatib berishdi.


2016-yil 15-aprelda Kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan

badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

     Kechada litseyimizning 301-guruh hamda 303-guruhi 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Bellashuvda ular o‘z bilimi, topqirligi hamda badiiy chiqishlari bilan yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirishdi. Tadbirda bu shartlardan tashqari bir nechta qiziqarli tajribalar ko‘rsatib berildi, bu tajribalardagi fizik jarayonni tushuntirib bergan tomoshabinlar kitoblar bilan taqdirlandi. Tadbir so‘ngida jamoalar kitob bilan taqdirlanishdi.

kosmanavtlar-04kosmanavtlar-05kosmanavtlar-01kosmanavtlar-03kosmanavtlar-02

    Tadbir kechasiga Nizomiy nomidagi  pedogogika universiteti fizika va astronomiyani o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari   dots.Tojiboeva Xolida, katta o‘qituvchi Mo‘minova Arofat, Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchilari Jumaeva Sanobar, G‘ofurova Nodira va universitetning 10 tadan ortiq talabalari tashrif buyurishdi.


“Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashga har birimiz mas’ulmiz”

loyihasi doirasida davra suhbati

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yunusobod tuman Kengashi tomonidan “Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashga har birimiz mas’ulmiz” loyihasi doirasida  2016-yil 14-aprel kuni TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyi anjumanlar zalida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

XDP-03XDP-01XDP-02

    Unda TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litsey direktori A.J.Isaqov, O‘zbekiston XDP Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi R.T.Kamilov, Yunusobod tumani XDP kengashi raisi N.Eshmetova, Toshkent shahar XDP kengashi raisi X.Boboxonov,  Toshkent Islom Universiteti  ilmiy kotibi I.I.Bekmirzaev, Toshkent davlat Yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori J.T.Xolmo‘minov, Yunusobod tuman xokimi o‘rinbosari, Ma’naviyat targ‘ibod markazi tuman bo‘limi rahbari  T.T.Kirgizbaev, “Mahalla” jamg‘armasi Yunusobod tuman bo‘limi raisi G‘.S.Cho‘liev, M.Ulug‘bek mahallasi faollari,  O‘zbekiston XDP  Yunusobod tuman targ‘ibodchilar guruhi shuningdek akademik litsey ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari U.X.Rajabov va akademik litsey o‘qituvchi murabbiylari hamda 206 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar.


“Matematika fani bilimdoni” ko’rik tanlovi

Nazarov-04 Nazarov-03 Nazarov-02

    Toshkent moliya institutida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi hamda “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi hamkorligida o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan tanlovda 3-kurs 2-guruh o’quvchisi Nazarov Fahriddin Rustam o’g’li II o’rinni egalladi.

Nazarov-01


Toshkent shahar bo’yicha 3-bosqich fan olimpiadasida ona tili va adabiyot fanidan ishtirok etib fahrli 1-o’rinni egalladi

Dilafruz-02   Karimova Dilafruz Saydulla qizi 1997-yil 6-oktabrda Jizzax viloyati Zarbdor tumanida tug’ilgan. 

    2014-2015-o’quv yilida Toshkent shahar bo’yicha 3-bosqich fan olimpiadasida ona tili va adabiyot fanidan ishtirok etib 68 ball bilan fahrli 3-o’rinni egalladi.

    2015-2016-o’quv yilida Toshkent shahar bo’yicha 3-bosqich fan olimpiadasida ona tili va adabiyot fanidan ishtirok etib 90.25 ball bilan fahrli 1-o’rinni egalladi va Respublika bosqichiga yo’llanma oldi.

Dilafruz-01    Karimova Dilafruzning ona tili va adabiyot fanidan chuqur bilim egasi bo’lishida o’qituvchisi Andaniyozova Gavhar Ruziqulovna o’z ko’maklarini ayamagan.


Samarqand shahriga bir kunlik sayohat     

    Akademik litsey pedagog-xodimlarni ruhan rag‘batlantirish, ularni ma’nan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, hamda O‘zbekistonning qadamjo obidalarni ziyorat qilish maqsadida 2016-yilning 3-aprel kuni Samarqand shahriga bir kunlik sayohat uyushtirildi.

Samarqand-03 Samarqand-02 Samarqand-01


“Kim edigu kim bo’ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mavsuzida uchrashuv bo’lib o’tdi.

uchrashuv-02uchrashuv-03uchrashuv-01

    2016-yil 4-mart kuni litseyimiz anjumanlar zalida “Sharq yulduzi” bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O’zbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi Saida Saidbekova, el ardog’idagi aktrisa Luiza Rasulova, “Nihol” mukofoti sovrindori Doston Ubaydullaev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.


“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir

   13-yanvar kuni akademik litseyda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab, “Tayanchim va suyanchim, fahr-u iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida TIMI Harbiy kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda ko‘rik tanlov o‘tkazildi. Unda jamoalar ko‘rik tanlov nizomi asosida umumiy 4 ta shart ya’ni “Harbiy bilim”, “Kuchlilik”, “Epchillik” va “Merganlik” shartlari bo‘yicha bellashdilar. Ko‘rik tanlov yakunlariga ko‘ra 67 ball bilan “O‘zbek o‘g‘lonlari” jamoasi 1-o‘rinni, 64 ball to‘plagan “Vatan himoyachilari” jamoasi 2-o‘rinni va 60 ball bilan baholangan “Chegarachilar” jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.

   Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 24 yilligiga bag‘ishlab “Tayanchim va suyanchim, fahr-u iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida o‘tkazilgan ko‘rik tanlovga g‘olib jamoalar va faol ishtirok etgan o‘quvchilar diplom va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

14-YANVAR-1-litsey 14-YANVAR-2-litsey

14-YANVAR-3-litsey


“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-noyabrdagi     F-570-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash,  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan  “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

8-dekabr_2 8-dekabr_1

    Qatnashdilar: Akademik litsey direktori A.J.Isaqov, MMIBDO’ U.Rajabov, bo’lim boshliqlari, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari D.Mirpulatova va Sh.Bultakova, psixolog G.Muxammedova, “Kamolot” YoIH akademik litsey boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi M.Muhammadova, guruh rahbarlari hamda 185 nafar o’quvchi.

  8-dekabr_4 8-dekabr_3

     Taklif etilganlar: Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi v.v.b. Nigora Raximdjanovna Abduraximova, Ma’naviyat targ‘ibot markazi Yunusobod tumani bo‘limi bosh mutaxassisi M.Eshbadalova, Respublika ayollar muammolari bo‘yicha ekspert, olima, huquqshunos, falsafa fanlari doktori Jamila Toshpo‘latovna Shermuhammedova, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Nigora Asamitdinovna Eshmetova, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Qilichov Mirolim Xusniddinovich, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatr aktrisasi Munojat Alimbaeva Muptillevna.

      “Tinchlik va ahillik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining asosidir”.

  1. Fuqarolar va o‘quvchi-yoshlarning siyosiy huquqlari.
  2. “Vatan tinchligi baxtimiz va saodatimizdir!”
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2015-yil 25-noyabrdagi so‘zlagan nutqi.

     Tadbir oxirida akademik litsey 105-guruh hamda 207-guruh o‘quvchi-yoshlari tomonidan sahnalashtirilgan ko‘rinishlarda inson huquqini qadrlash azal-azaldan xalqimizda nechog‘lik ulug‘lanib kelganligini ta’kidlab o‘tishdi. Uchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi.


 3-kurs o’quvchisi Isaboev Nursultan Kasimbekovich 2015-yil 22-29-sentyabrda Polshada qo’l jangi chempionatida 60 kg vazn toifasi g’olibligini qo’lga kiritib 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Isabayev NursultonIsabayev Nursulton-001


1-kurs o’quvchisi Ten Nataliya  2015-yil Qozog’iston Respublikasi Almata shahrida o’tkazilgan XI Xalqaro turnirning «Спротивным танцам» musobaqasida ishtirok etib faxrli 3-o’rinni egalladi.

Ten Nataliya


1-kurs o’quvchisi Svechnikov Vladimir Aleksandrovich 2014-yil 16-28-avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida bo’lib o’tgan o’smirlar o’rtasidagi II yozgi Olimpiya o’yinlarida munosib ishtirok etib, o’q otish bo’yicha oltin medalni qo’lga kiritdi.

 

Sevchenko_Vladimir_Sevchenko_Vladimir